Samarqand tumanida 15 gektar yer maydonini 15 000 AQSh dollariga sotayotgan shaxs ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Samarqand viloyati boshqarmalari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazildi.

Tadbir davomida, fuqaro K.F. o‘g‘li Sh.F.ning Samarqand tumanidagi “Q.M.” fermer xo‘jaligining 15 gektar yer maydonini firibgarlik yo‘li bilan fuqaro X.F.ga har bir gektarini 1 000 AQSh dollaridan hisoblab sotishga kelishib, 15 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.