Qo‘shrabotda giyohvandlik moddani sotayotgan shaxs qo‘lga olindi
Joriy yilning 8 dekabr kuni Samarqand shahri bo‘yicha IIO FMB 7-sonli IIB JQG xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor tadbirda xaridor sifatida jalb qilingan “I.S.I.”ga 2.500.000 so‘m evaziga Qo‘shrabot tumani Mulla Olim MFYda yashovchi, 1986 yilda tug‘ilgan fuqaro S.I. yashil rangli, quruq holdagi, o‘ziga xos o‘tkir hidli giyohvandlik moddasini Samarqand shahar Qushhovuz MFYda joylashgan “ASIA” mehmonxonasi yonida sotayotgan vaqtida ushlangan.
Samarqand viloyat IIB EKBning ma’lumotnomasiga ko‘ra, S.I.dan olingan moddalar tarkibida faol giyohvand modda “tetragidrokkannabinol” mavjud bo‘lib, bu o‘simlik modda “marixunna” giyohvandlik moddasi ekanligi va uning sof og‘irligi 22,98 grammga teng ekanligi ko‘rsatilgan.
Mazkur holat yuzasidan Samarqand shahri bo‘yicha IIO FMB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan S.I.ga nisbatan Jinoyat kodeksning 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Bu haqda IIV JQBB giyohvandlik vositalari bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishga qarshi kurashish boshqarmasi xabar berdi.