Qozog‘iston ham AES qurmoqchi

Janubiy Koreyaning Korea Hydro & Nuclear Power (KHNP) kompaniyasi Qozog‘istonda AES qurish maqsadida o‘tkazilayotgan tenderga qo‘shildi. Bu haqida Yonhap agentligi xabar tarqatdi, deb yozmoqda human.uz.

KHNP kompaniyasi Qozog‘iston hukumatini bu haqda 2 oy avval ogohlantirgandi. Hozirda esa ular tenderning rasmiy ishtirokchilaridan biridir. Shuningdek tenderda AQSh, Rossiya, Xitoy, Fransiya, Yaponiya vakillari ham ishtirok etyapti. KHNP hozirgacha BAA, Saudiya Arabistoni ham Chexiya mamlakatlaridagi loyihalarni amalga oshirgan.

Shunisi ahamiyatliki, Janubiy Koreya hukumati AES qurish kompaniyasiga qarshi siyosat olib boryapti. Bu ularni ishlatishda yuzaga keladigan xavflar bilan bog‘liq. Biroq Koreyada AES ishlab chiqaradigan energiya o‘rnini butkul bosadigan manbaning o‘zi yuq. Umuman olganda, AES aksariyat davlatlarning asosiy daromad manbai sanaladi.

Ma’lumot uchun: tender g‘olibi joriy yilning sentyabrida e’lon qilinadi.