Zaporoje AESda uzoq davom etgan blekaut yadroviy xavf tug‘dirmoqda
- 02.10.2025 11:51
- 1
- Xorij

MAGATE ma’lumotiga ko‘ra, Zaporoje atom elektr stansiyasida yadroviy falokat yuz berishi mumkin. Sababi — stansiya bir haftadan beri tashqi elektr tarmog‘idan to‘liq uzilgan va hozircha faqat zaxira dizel generatorlari hisobidan ishlamoqda. Yoqilg‘i zaxirasi esa atigi 10 kunga yetishi aytilmoqda.
Bu oxirgi uch yildagi eng uzoq davom etgan blekaut hisoblanadi.
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy vaziyatni «kritik» deb atadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, generatorlardan biri ishdan chiqqan, elektr liniyalarini ta’mirlash esa doimiy o‘t ochish sababli imkoni yo‘q. «Bu hamma uchun tahdid. Dunyoda haligacha hech bir terrorist atom stansiyasida Rossiya qilayotgandek harakat qilmagan».
YeI va MAGATE rahbari Rafael Grossi stansiya atrofidagi harbiy harakatlarni darhol to‘xtatish va elektr ta’minotini tiklashga chaqirdi.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Shkafda yashiringan ota – jamiyat og‘rig‘i
- 13 daqiqa avval
- Jamiyat
Subsidiyaga ariza berish boshlandi
- Bugun, 12:01
- Xorij