Ozarbayjon Armanistonning atom elektr stansiyasiga hujum uyushtirish bilan tahdid qildi
- 17.07.2020 20:40
- 132
- Xorij
Ozarbayjon Mudofaa vazirligi Armanistonda joylashgan Metsamor atom elektr stansiyasiga “javob hujumi uyushtirish” ehtimoli mavjudligi haqida ma’lum qildi.
Biroz ilgari Armaniston Ozarbayjonda joylashgan suv omboriga hujum uyushtirishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgandi.
“Mingechevir” suv ombori joylashgan hudud relefi mazkur inshootda olib borilgan mustahkamlash ishlari, shuningdek, bizning havo mudofaasi (HM) qurolli kuchlarimizga qarashli zamonaviy havo hujumi mudofaasi uskunalari ushbu strategik ahamiyatga ega ob’yektga hujum uyushtirilishiga yo‘l qo‘ymaydi”, deya ta’kidladi RIA Novosti nashriga Ozarbayjon HM matbuot kotibi, polkovnik Vagif Dargahli.
Bokuda ma’lum qilinishicha, Ozarbayjon Armanistonga ulkan fojia olib keladigan Metsamor AESga zarba berishga qodir yangi va zamonaviy raketa tizimlariga ega.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Bosh qonun, mezon, poydevor
- 30/11, 19:40
- Siyosat