MAGATE: Zaporoje AES xavfsizlik tizimlari to‘liq ishlamayapti, kuzatuv davom etadi
Ushbu holatni og‘ir deb bo‘lmasada, Zaporoje AESdagi xavfsizlik tizimlari to‘liq ishlamayapti. Bu haqda tekshiruvning ikkinchi kuni yakunlari bo‘yicha MAGATE rahbari Rafael Grossi ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, ushbu safar mutaxassislar uchun juda muhim:
“Saytga tashrif buyurib, hammasini o‘z ko‘zim bilan ko‘rmaslik – kechayu kunduz kabi katta farqdir. Meni ayniqsa, stansiyaning jismoniy yaxlitligi, elektr ta’minoti va, albatta, xodimlar tashvishlantiradi. Bu eng muhimi. Biz ustida ishlashimiz lozim bo‘lgan boshqa narsalar - bu radiatsiya tizimlari, ta’minot zanjirlari - bularning barchasi juda-juda muhim, ammo, albatta, ikkinchi fonga o‘tmoqda"
Grossi tashkilot o‘z mutaxassislarini Zaporoje AESda doimiy ravishda qolishini tasdiqladi. Asosiy missiya esa yana bir necha kun davom etadi – agentlik mutaxassislari stansiya holati va o‘q otish oqibatlari haqida ham ma’lumotlar yig‘ishmoqda. Moskva va Kiyev bir-birini yadroviy inshootga hujum qilish va falokat tahdidi yaratishda ayblamoqda. Taxminlarga ko‘ra, MAGATE vakillarining doimiy ishtirok etishi, otishmalar davom etgan taqdirda, stansiyada vaziyat yomonlashishini o‘z vaqtida sezish imkonini beradi, deb tushuntiradi MAGATE sobiq eksperti Olli Xeynonen.
Zaporojya AESga tashrifi yakunlariga ko‘ra, MAGATE rahbari Rafael Grossi hisobot tuzadi va kelgusi hafta oxirida agentlik boshqaruvchilar kengashiga taqdim etilishi kutilmoqda.