Qozog‘istonda parranda grippi xuruji qayd etildi

Qozog‘iston shimolining 7 viloyatida parrandalarning ommaviy halok bo‘lishi kuzatildi. Mamlakat qishloq xo‘jaligi vazirligi bergan ma’lumotga ko‘ra, parranda grippi bunga sabab bo‘lgan. Bu haqda 19 sentyabr kuni “Rambler” nashri xabar berdi.

Vazirlik taqdim etgan ma’lumotga ko‘ra, 9 sentyabrdan 16 sentyabrgacha bo‘lgan muddatda Shimoliy Qozog‘istonning yettita viloyatida turli uy qushlarining ommaviy halok bo‘lishi kuzatilgan.

“Milliy ma’lumotlar markazi ommaviy o‘lim sababi yuqori patogenli parranda grippi (YuPPG) bo‘lganini aniqladi”, deyilgan xabarda.