Qozog‘istonda qurilayotgan uylarning birida O‘zbekiston fuqarosining jasadi topildi

Joriy yilning 4 oktyabr kuni Qozog‘istonning Olmaota viloyati Talg‘ar tumanida qurilayotgan uylardan birida O‘zbekiston fuqarosining jasadi topildi.

Tashqi ishlar vazirligi konsullik-huquqiy departamentining ma’lumotiga ko‘ra, qotillik fakti bo‘yicha huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan jinoyat ishi ochilgan.

Bosh konsulxona vaziyatni nazoratga olgan holda mahalliy huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan tezkor aloqa o‘rnatgan.

Shuningdek, bosh konsulxona marhum Q.B.ning jasadini O‘zbekistonga jo‘natish bo‘yicha konsullik-huquqiy va tashkiliy masalalarni hal qilish bilan shug‘ullanmoqda.