Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Qozog‘istondagi harbiy qismda o‘q-dori omborlari portlashi oqibatida 5 kishi halok bo‘ldi, og‘ir jarohatlanganlar bor

Qozog‘istonning Jambil viloyatidagi harbiy qismda o‘q-dori omborlarida sodir bo‘lgan yong‘in va portlashlarda 5 kishi halok bo‘ldi, jabrlanganlardan 66 kishi shifoxonada, dedi mamlakat mudofaa vaziri Nurlan Yermekboyev.

Harbiy qismdagi o‘q-dorilar omborida yong‘in sababli sodir bo‘lgan portlashlar to‘xtadi, ammo yong‘in davom etmoqda, yong‘inning kelib chiqish sababi hali aniqlanmagan, deyiladi Mudofaa vazirligi bayonotida.

"Afsuski, yong‘in oqibatlarini bartaraf etish paytida besh harbiy xizmatchimiz halok bo‘ldi", dedi Mamlakat mudofaa vaziri Nurlan Yermekboyev.

"Yong‘in sodir bo‘lgan Jambil viloyatidagi harbiy qismning yana bir halok bo‘lgan harbiy xizmatchisi haqida ma’lum bo‘ldi. U Yong‘in o‘chirish bo‘limi boshlig‘i, kontrakt xizmatining kichik ofitseri, 1992 yilda tug‘ilgan Yerkin Yerkbayevich Nadirbekov. U voqea joyida halok bo‘lgan. U 27 avgust kuni ertalab turgan joyi noma’lum bo‘lgan harbiy xizmatchilar ro‘yxatiga kiritilgan edi, - deyiladi vazirlik xabarida.

Qozog‘iston Mudofaa vazirligi 26 avgust kuni kechqurun Jambil viloyatida muhandislik o‘q-dorilar saqlanadigan harbiy qism omborida yong‘in sodir bo‘lgani haqida xabar berdi. Keyinchalik omborda 500 tonnadan ortiq trotil saqlangani ma’lum bo‘ldi.

Kamida oltita portlash sodir bo‘lgan. Viloyat ma’muriyati ma’lumotiga ko‘ra, 66 nafar jabrlangan fuqaro shifoxonalarga yotqizilgan, ulardan oltitasi og‘ir jarohat olgan.

Favqulodda holat yuzasidan qurol, shuningdek, boshqalarga xavf tug‘diruvchi moddalarni saqlash va ishlatish qoidalarini buzish yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Atrofdagi qishloqlar aholisi evakuatsiya qilindi.

Bugun ertalab ham yong‘in davom etdi.