Qurilish-ta’mirlash ishlaridagi talon-torojliklar aniqlandi
- 16.06.2023 17:05
- 325
- Jinoyat va jazo
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Past Darg‘om tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “G.K.” MChJ mas’ul shaxslari “Juma” pochta aloqa tarmog‘i binosini qurishda amalda bajarilmagan ishlarni qo‘shib yozish orqali 261,6 mln. so‘mni o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilganligi aniqlangan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Samarqandda “smart avtobekat”lar o‘rnatiladimi?
- Bugun, 18:17
- Samarqand
Shafqatsiz hayvonlar
- Bugun, 18:07
- O'qing, qiziq!
Hayot tuprog‘iga qorishgan oltin
- Bugun, 16:05
- Mutolaa
Yonimizdagi soxta mehribonlar
- Bugun, 16:05
- Mutolaa