Qurilishlarga ajratilgan byudjet mablag‘larini maqsadsiz ishlatish, talon-toroj qilish va o‘g‘rilik holatlari mavjudligi aytildi

Prezident raisligidagi yig‘ilishda kompleksga kiruvchi vazirlik va idoralar oldida turgan uy-joy va qurilish sohasidagi eng dolzarb vazifalarni belgilab berildi.

Bu yil Investitsiya dasturi doirasida 1 ming 637 ta infratuzilma ob’yektini qurish belgilangan. Lekin soha yoki hudud rahbarlari byudjet mablag‘larini samarali ishlatish, qurilishlar sifatini ta’minlash bo‘yicha namuna bo‘ladigan tizim yaratmagani qayd etildi.

Qurilishlarga ajratilgan byudjet mablag‘larini maqsadsiz ishlatish, talon-toroj qilish va o‘g‘rilik holatlari ko‘rsatib o‘tildi.

Ayrim quruvchi tadbirkorlarning yashirin ishlashiga yoki bunday ishlashga majbur qiladigan shart-sharoitlar borligi ta’kidlandi.