"Qutadg‘u bilig"ni harbiylar ham o‘qishi kerak
Asarning bir o‘rnida yana shunday jumlalar bor: "Urushda shoshmaslik lozim, iloji bo‘lsa, elchi yuborib, yarashish yo‘lini izlash kerak". Bu fikrlar bugungi kunda mamlakatimiz tomonidan olib borilayotgan tashqi csiyosat va xalqaro maydondagi maqsadlariga mos tushadi. Konstitutsiyamizning 17-moddasida ham nizolarni tinch yo‘l bilan hal etish lozimligi belgilab qo‘yilgan.
Asardagi harbiy rahbar haqidagi fikrlarni bugungi harbiy kadrlarga bilim berishda, ularni tarbiyalash jarayonida qo‘llash foydadan xoli bo‘lmaydi. Lashkarboshi tarbiyasi haqida so‘z ketarkan, Yusuf Xos O‘ojib shunday deydi: "Lashkarboshi qilig‘i qulay, kamtar, keng ko‘ngil, yashirin so‘z, kishining ko‘nglini ovlovchi bo‘lgani yaxshi".
Harbiy xizmatchilar uchun vatanparvarlik, fidoyilik, jonkuyarlik, tashabbuskorlik, bilimlilik, tezkor xulosa chiqara olish kabi xususiyatlar bilan birga or-nomusli bo‘lish ham muhimdir. "Qutadg‘u bilig" asarida bu borada shunday deyiladi: "Lashkar boshlig‘i uyat-andishali, or-nomusli bo‘lsin. Erkak kishi or-nomusini deb yovga otiladi, undan o‘chini oladi. Or-nomusi tufayli u yov lashkarini parokanda qiladi. Urushda, eng avval, benomuslar chekinadi, orqaga qochadi. Nomusni deb qo‘rqoq ham alplik qiladi".
Asarda harbiy boshqaruvning millat manfaatiga mos adolatli xususiyatlari keltirib o‘tilgan. O‘arbiy xizmatchida namoyon bo‘lishi kerak bo‘lgan ijobiy xususiyatlar - vatanparvarlik, jasorat, or-nomuslik bugungi Qurolli Kuchlarning ta’lim-tarbiya jarayonida uzluksiz o‘zlashtirib borilayotgan va hayotga tatbiq etilayotgan xislatlardir.
K.HASANOV.