Quyosh panellari o‘rnatishda faol viloyatlar ma’lum qilindi

Prezident ishtirokidagi yig‘ilishda ta’kidlaniganishicha, o‘tgan davrda 430 megavattli qayta tiklanuvchi energiya manbalari ishga tushirildi. Shuning o‘zi yiliga 1,2 milliard kilovatt soat elektr energiyasini ishlab chiqarmoqda. Bu ijtimoiy soha ob’yektlari yillik iste’molining 60 foiziga teng.

Bugungi kunda ijtimoiy soha va tadbirkorlik ob’yektlari hamda aholi xonadonlarida 250 megavatt quyosh panellari o‘rnatildi.

Bu borada Jizzax, Samarqand, Qashqadaryo, Sirdaryo va Farg‘onada ishlar to‘g‘ri tashkil qilinib, ijtimoiy soha ob’yektlarida quyosh panellari o‘rnatish bo‘yicha yillik reja bajarildi.

Shu bilan birga, ijtimoiy ob’yektlar va davlat idoralarida quyosh panellari o‘rnatish O‘rtachirchiqda atigi 5 foizni, Bo‘ka tumanida 10 foiz, Bo‘zatov va Piskentda 15 foiz, Nurota va Yangi hayot tumanlarida 20 foizni tashkil qildi.

2023 yil uchun reja qilingan tarmoq va transformatorlarni ta’mirlash ishlarini 1 avgustga qadar yakunlash bo‘yicha topshiriq berilgan edi.

Lekin hududlardagi 1 ming 100 kilometr tarmoqlar va 402 ta transformatorni ta’mirlash ishlari haligacha yakunlanmagan.