Quyoshdan tashlangan plazma buluti Yerni qoplaydi
Rossiya Fanlar akademiyasi Fizika instituti quyoshning rentgen astronomiyasi laboratoriyasi veb-saytida yozilishicha, 10 dekabrga o‘tar kechasi Yerni quyoshdan chiqarilgan plazma buluti qoplaydi.
Quyosh plazmasining ilk bulutlari Yer yaqinidagi fazoga 9 dekabr kuni ertalab soat uch-to‘rtlar atrofida yetib keladi. Tashlanmaning asosiy yadrosi yarim tunga yaqin Yerning orbitasiga yetib keladi. Sayyora 10 dekabr o‘rtalariga qadar bir kundan ko‘proq vaqt davomida quyosh materiyasi bilan qoplanadi", deyishmoqda olimlar.
Bu kosmik vositalarga radiatsion ta’sirning keskin o‘sishi va Yer yuzasi yaqinidagi magnit maydonning tebranishiga olib keladi. Bundan tashqari, olimlarning ta’kidlashicha, chaqnash shimoliy yog‘dular maydonining 60-70 daraja kenglikka pasayishiga olib keladi. Ularni ochiq, kengroq maydonlardan ko‘rish mumkin.
Zamonaviy kuzatuv vositalari orqali quyosh plazmasi bulutlari harakatini kuzatish imkoniyati deyarli yo‘q. "Faqat materiya massasi Quyoshga yaqin bo‘lgan dastlabki bir necha soat bundan istisno", deya xulosa qildi mutaxassislar.
Avgust oyida Yer katta bulut ichida bo‘lishi qisman o‘ta yangi chaqnashlar natijasida paydo bo‘lganligi haqida xabar berilgan edi. Hozirgi vaqtda Yer gaz, chang va plazmadan tashkil topgan mahalliy yulduzlararo bulut, deb nomlangan mintaqa bo‘ylab harakatlanmoqda. Bu yangi qoldiqlar tashkil etishini ifodalaydi deya hisoblanmoqda.
Ammo bu holda so‘nggi 33 ming yil ichida radioaktiv izotop - temir-60 darajasida keskin sakrash bo‘lishi kerak edi.
G.XOLDOROVA tayyorladi.