Raqobat qonunchiligi buzilgan: eng ko‘p holat Paxtachi tumanida

Qayd etilishicha, yilning o‘tgan davri mobaynida 8 ta davlat buyurtmachilari tomonidan o‘tkazilgan 12,4 milliard so‘mlik tanlovlarda raqobat qonunchiligiga zid holatlar aniqlandi.
Qonunbuzarlik Paxtachi tumani obodonlashtirish boshqarmasi, Paxtachi tumani maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi, Paxtachi tumani 2-son kasb-hunar maktabi, Bulung‘ur tumani maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi, "SAMARQAND AVTOMOBIL ZAVODI" MChJ, Samarqand HUJFK va Narpay tumani ixtisoslashtirilgan maktabida aniqlangan.
Qayd etilishicha, qonunbuzilishi aniqlangan ushbu tanlov savdolari bekor qilingan.