Rasmiy Vashington Xitoy aviakompaniyalarining AQShga parvozini taqiqladi
- 05.06.2020 15:00
- 79
- Xorij
Amerika Qo‘shma Shtatlari Xitoyning barcha aviakompaniyalariga 16 iyun sanasidan boshlab AQShga barcha turdagi aviaparvozlarni amalga oshirishni taqiqladi. Xususan, yo‘lovchi aviatsiyasi, yuk tashish aviatsiyasi va boshqa turdagi aviaqatnovlarni. Bu haqda AQSh Transport vazirligi ma’lum qildi.
Vazirlik taqdim etgan ma’lumotga ko‘ra, Xitoy hukumati tomonidan AQShga to‘liq tarkibli aviaqatnovlarni amalga oshirishga ruxsat berilmaganligi sababli mazkur qaror qabul qilingan.
“Agar Pekin o‘z harakatlarini tartibga solib, Amerikaning Xitoyga bo‘lgan aviaqatnovlarini ijobiy tomonga hal qilsa, Vashington qabul qilingan qarorni qayta ko‘rib chiqishi mumkin”, deyilgan AQSh Transport vazirligi bayonotida.