Ravshan Ermatov Rossiya futboli hakamlari eksperti bo‘lishi kutilmoqda
O‘zbekiston Futbol Assotsiatsiyasi vitse-prezidenti, sobiq hakam Ravshan Ermatov tez orada RFI EHK (Rossiya Futbol Ittifoqi huzuridagi ekspert-hakamlar komissiyasi)ning doimiy a’zosiga aylanadi.
44 yoshli hamyurtimiz jahon chempionatlarida bosh hakam sifatida eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan (11 ta) rekordchi hisoblanadi.
2015 yilda Ermatov dunyoning eng yaxshi hakami deb topilgan, 2019 yil oxirida u hakamlik faoliyatini yakunladi.
Shuningdek, RFI EHK kelajakda a’zosi bo‘lishi mumkin bo‘lgan yana bir qancha nufuzli sobiq hakamlar bilan muzokaralar olib bormoqda.