Retseptli dori vositalarining noqonuniy sotilishi uchun jazo kuchaytiriladi

Oliy Majlis deputatlari retsept asosida beriladigan dori vositalarining noqonuniy muomalasiga qarshi jazo choralarini kuchaytirishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini ikkinchi o‘qishda qabul qildi.
Tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar bo‘lgan dorilarni retseptsiz sotganlik uchun — jinoiy javobgarlik belgilanmoqda. Jarima miqdori 200–300 baravargacha bo‘lishi mumkin.
Shuningdek, ma’muriy kodeksga ham jarimalar miqdorini oshirish bo‘yicha o‘zgartishlar kiritilyapti.
Qonun aholi salomatligini himoya qilish va dori vositalarining nazoratsiz sotilishiga chek qo‘yishga xizmat qiladi.