Registonda futzal bo‘yicha JCh-2024 qur’a tashlash marosimi boshlanish arafasida. O‘zbekiston 1-savatchadan o‘rin olgan
Registon maydonida FIFAning futzal bo‘yicha JCh-2024 turniriga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tmoqda.
Qur’a tashlash marosimida jahon futbol tashkilotlari mas’ullari bilan birgalikda sobiq futzal yulduzi, ikki karra jahon chempioni – ispaniyalik afsonaviy futzalchi Kike, "Manchester Yunayted" klubi hamda Fransiya terma jamoasida to‘p tepgan mashhur futbolchi Lui Saa, shuningdek, o‘zbek futboli yulduzi, Osiyoning 2 karra eng yaxshi futbolchisi Server Jeparov ishtirok etmoqda.
JCh-2024 qur’asi jahonning 200 dan ortiq mamlakatlariga translyasiya qilinadi. O‘zbekistonda «Sport» va «Zo‘r TV» telekanallari qur’a tashlash marosimini soat 21:00dan boshlab, jonli efirda namoyish etadi. Shuningdek, marosimni FIFA sayti orqali kuzatib borish mumkin bo‘ladi.
Qayd etish joiz, O‘zbekiston qur’a oldidan mezbon mamlakat sifatida 1-savatchadan joy olgan.
🏆 Futzal bo‘yicha JCh-2024 qur’asi oldidan savatchalar:
📌1-savatcha
O‘zbekiston
Braziliya
Portugaliya
Ispaniya
Eron
Argentina
📌2-savatcha
Marokash
Qozog‘iston
Tailand
Fransiya
Ukraina
Paragvay
📌3-savatcha
Xorvatiya
Yangi Zelandiya
Venesuela
Afg‘oniston
Kosta-Rika
Tojikiston
📌4-savatcha
Niderlandiya
Gvatemala
Panama
Angola
Liviya
Kuba.