Respublika fan olimpiadasining yakuniy bosqichi Samarqandda bo‘lib o‘tadi
Joriy yilning 29-30 may kunlari Samarqand shahrida umumta’lim fanlari bo‘yicha Respublika fan olimpiadasining ingliz, fransuz, nemis va tojik tillari bo‘yicha yakuniy bosqichi bo‘lib o‘tadi.
Fan olimpiadasining respublika bosqichida viloyat bosqichlarida g‘oliblikni egallagan jami 135 nafar 11-sinf o‘quvchilari va akademik litsey talabalari xorijiy tillar (ingliz, nemis, fransuz) hamda tojik tili va adabiyoti fanlaridan o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazadi.
Olimpiadaning respublika bosqichida 1, 2, 3-o‘rinlarni egallagan ishtirokchilarga ixtisoslik fani bo‘yicha davlat oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlarida maksimal ball olish huquqini beruvchi va uch yil muddat davomida amal qiluvchi sertifikat taqdim qilinadi. Respublika bosqichi g‘oliblarini olimpiadaga tayyorlagan o‘qituvchilari ham moddiy rag‘batlantiriladi.
Davlat test markazi Samarqand viloyati bo‘limi axborot xizmati.