Roberto Karlos Toshkentga keldi
Jahon futboli yulduzi Roberto Karlos Toshkentga keldi. Braziliya terma jamoasi bilan JCh-2002da bosh sovrin sohibi bo‘lgan, JCh-1998da esa kumush medal egasiga aylangan 45 yoshli sobiq futbolchining tashrif rejasiga ko‘ra, dastlab O‘FA maydonida yosh futbolchilar uchun master-klass tashkil etiladi.
Shuningdek, faxriy futbolchilar ishtirokida 10 daqiqadan iborat 2 taymli o‘rtoqlik o‘yinida ishtirok etadi. R.Karlos har ikkala jamoa tarkibida bitta taymdan maydonda to‘p suradi. Uchrashuvdan so‘ng futbolchi A.P.Xlebushkina nomidagi Mehribonlik uyiga tashrif buyurib, u yerdagi tarbiyalanuvchilar bilan uchrashib, ularga sovg‘alar taqdim qiladi.
Eslatib o‘tamiz, Roberto Karlos Ispaniyaning «Real» jamoasi safida esa uch marotaba Chempionlar ligasi g‘olibi bo‘lib, YeChLda yuzdan ortiq o‘yinda maydonga tushgan.