Rossiya fuqarosining "Afrosiyob"da unutib qoldirgan sumkasidan qariyb yarim million rubl chiqdi

8 oktyabr kuni “Toshkent - Qarshi” yo‘nalishi bo‘ylab harakatlanayotgan "Afrosiyob" poyezdida ketayotgan Rossiya fuqarosi Samarqandda tushayotib, sumkasini unutib qoldirgan.

Sumkaning ichida 2000 AQSh dollari, 5180 Yevro, 11500 Rossiya rubli, 1 dona noutbuk va telefon apparati, shuningdek, shaxsiy buyumlari bo‘lgan.

Transport va turizm ob’yektlarida xavfsizlikni ta’minlash departamenti xodimlari tomonidan zudlik bilan olib borilgan surishtiruvlar natijasida qo‘l sumkasi topilib, buyumlari to‘liq xolatda o‘z egasiga qaytarildi.