Rossiya hukumati Belgorodga ommaviy zarba va neftni qayta ishlash zavodiga dronlar hujumini ma’lum qildi

Qisqacha:
▪️ Belgorod gubernatori Shebekino shahriga «grad» reaktiv raketa tizimi yordamida ommaviy zarbalar berilgani va viloyatning ikki tumanidan bolalar Voronejga evakuatsiya qilish boshlanganini e’lon qildi.

▪️ Krasnodar o‘lkasi rahbari Rossiya janubidagi eng yirik neftni qayta ishlash zavod (NQIZ)laridan biri bo‘lgan "Afipskiy" NQIZga dron hujumi oqibatida yong‘in chiqqanini ma’lum qildi.

▪️Shuningdek, dron xuddi shu Krasnodar o‘lkasidagi "Ilskiy" NQIZ hududiga qulagan, deya xabar beradi rasmiylar.

▪️ Rossiya Mudofaa vazirligining ta’kidlashicha, hujumda sakkizta dron ishtirok etgan, ulardan uchtasi ko‘p qavatli uylarga qulagan, qolganlari Moskva viloyatining elita hududlarida urib tushirilgan.

▪️ 30 may kuni ertalab Moskva meri Sergey Sobyanin poytaxtdagi bir nechta binolarga dron hujumi uyushtirilganini, ularga kichik zarar yetganini ma’lum qildi.

▪️ Hujum natijasida vayron bo‘lgan uylar aholisining hech biri “jiddiy jarohat olmagani, biroq ikki kishi tibbiy yordam so‘rab murojaat qilgani ma’lum qilingan.

▪️ Putin Moskvaga dronlar hujumini izohlab, xotirjam turib: “Moskva havo hujumi mudofaa tizimi normal, qoniqarli ishladi” dedi.

"Rosaviatsiya" Moskva va mintaqadagi barcha aeroportlar normal rejimda ishlayotganini ma’lum qilgan. Domodedovo aeroporti vakilining RBKga aytishicha, aeroport hududida dronlar yo‘q.

▪️ Rossiya kechasi Kiyevni “Iskandar” raketalari bilan o‘qqa tutdi. Ukraina havo hujumidan mudofaa kuchlari 10 ta raketadan 10 tasini ham urib tushirgan. Biroq, chiqindilarning qulashi oqibatida ikki ayol va 11 yoshli qiz halok bo‘lgan. Yana 12 kishi jarohatlangan.