Rossiya koronavirusga qarshi vaksinani ommaviy ishlab chiqarishni boshladi

Rossiya sog‘liqni saqlash vazirligi 15 avgust kuni COVID-19 ga qarshi vaksina ommaviy ishlab chiqarilishi boshlanganini ma’lum qildi.
11 avgust kuni mamlakat prezidenti Vladimir Putin dunyoda birinchi koronavirusga qarshi vaksina ro‘yxatga olinganini ma’lum qildi. Dori-vositasi “Sputnik V” nomi bilan ataldi.

Shu bilan birga vazirlik, vaksinaning klinik sinovlari haqidagi ma’lumotlarni taqdim etdi. Rossiya sog‘liqni saqlash vaziri Mixail Murashko, xorijiy mamlakatlar tomonidan vaksinaga nisbatan bildirilayotgan tanqidiy fikrlar “ma’lumotlar kamligi” bilan bog‘liq ekanligini ta’kidladi. U bu holatga izoh berib, “Sputnik V” ilgari olti nafar vaksina tayyorlangan platforma asosida tayyorlanganini ko‘pchilik bilmasligini qo‘shimcha qildi.