Rossiya ovozlarni hisoblamoqda
Rossiyada Kamchatkadan Kaliningradgacha parlament saylovlari yakunlari hisob-kitob qilinmoqda. Kamchatka o‘lkasi ma’muriyatining xabar berishicha, mintaqadagi barcha byulletenlar qayta ishlagandan so‘ng, “Yagona Rossiya” partiyasi yetakchi hisoblanadi, undan keyin Rossiya Federatsiyasi Kommunistik partiyasi va Liberal-demokratik partiyasi turibdi. Markaziy saylov komissiyasi (MSK)ning dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, kuchlarning taqsimoti butun mamlakatdagi vaziyatni aks ettirmoqda.
“Juda muhim saylovlar yakunlandi. Bu bizning shahrimiz, mamlakatimiz taqdiri, rivojlanish strategiyasi, suvereniteti, iqtisodiyotini belgilab beradi”, dedi Moskva meri Sergey Sobyanin.
Davlat Dumasiga aralash tizim bo‘yicha besh yillik muddatga saylanadi: 225 deputat - partiyalar ro‘yxati bo‘yicha, yana shuncha deputat - bir mandatli saylov okruglarida.
Siyosatshunos Sergey Markov natijalarni quyidagicha izohlaydi: “Ushbu saylovlarda asosiy narsa shundaki, parlament o‘zgarmaydi. Unda odatdagidek asosan Vladimir Putinni qo‘llab-quvvatlaydigan va Vladimir Putin tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan siyosiy partiya bo‘ladi. Shuning uchun u Vladimir Putinning barcha qarorlari va hukumati qarorlarini ma’qullaydi.
Siyosatshunos Aleksandr Kinev ovozlar muvozanatini quyidagicha baholadi: “Bu mamlakat saylovchilarining umumiy tarkibidagi ulushi uchdan ko‘p bo‘lmagan g‘ayritabiiy hududlarning hissasi natijasidir. Sizga yana shuni eslatib o‘tmoqchimanki, yirik shahar va norozilik mintaqalaridagiga nisbatan ularda saylovchilar ishtiroki juda yuqori. Vaholanki, besh yil oldin “Yagona Rossiya” uchun ovozlarni yarmini aynan ular berishgan edi”.
Bir nechta mintaqalarda onlayn rejimida ovoz berish mumkin bo‘ldi. Bu bir necha soat ichida o‘z tanlovini qayta ko‘rib chiqish imkoniyatini berdi.
Muxolifat kuzatuvchi va jurnalistlar saylov kunlarida ko‘plab qonunbuzarliklar haqida xabar berishdi. MSK va Jamoat palatasi esa “qalbaki”likdan shikoyat qilishdi. Duma esa xorijiy nodavlat tashkilotlarini ovoz berish haqidagi yolg‘on ma’lumotlarni ommaviy tarqatishda ayblamoqda.