Rossiya – Ukraina muzokaralari: oldinga siljish boshlandi
Rossiya-Ukraina muzokaralarida asta-sekin ijobiy tomonga siljish kuzatilmoqda. Kecha Istanbulda o‘tgan uchrashuvdan so‘ng urushni muloqot orqali tugatishga umid paydo bo‘ldi.
Har ikki tomon o‘z bayonotini e’lon qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi bayonotini boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari Aleksandr Fomin o‘qib eshittirdi. U o‘zaro ishonchni oshirish, Ukrainaning neytraliteti va yadrosiz maqomi to‘g‘risida shartnoma tayyorlash, keyingi muzokaralar uchun shart-sharoit yaratish uchun quyidagi qadamlar qo‘yilishini ta’kidladi:
▪️ Kiyev va Chernigov hududlarida harbiy faollikni tubdan, bir necha martaga qisqartirish to‘g‘risida qaror qabul qilindi. Tegishli muhim qarorlar Kiyevda qabul qilinadi va keyingi ish uchun mo‘’tadil sharoitlar yaratilishi kerak.
▪️ Kiyev NATOga qo‘shilish va o‘z hududida uchinchi davlatlar harbiy infratuzilmalarini joylashtirishdan bosh tortganiga javoban, zarurat tug‘ilganda Ukrainaga harbiy yordam, jumladan, qurolli kuch va yopiq osmon bilan ta’minlashi zarur bo‘lgan asosiy «dunyo o‘yinchi»laridan xavfsizlik kafolatlarini talab qilmoqda. Hech kim Ukrainaning Yevropa Ittifoqiga qo‘shilishiga to‘sqinlik qilmasligi kerak, denatsifikatsiya i demilitarizatsiya masalasi keyinga qoldiriladi, Qrim masalasini hal qilish ham ortga surilmoqda, Donbass respublikalari taqdiri keyingi muzokaralarda hal qilinadi.
Ukraina delegatsiyasi a’zosi Mixail Podolyak:
▪️ "Xavfsizlik kafolatlari haqidagi kelishuvni bajarish quyidagicha amalga oshiriladi: birinchidan, bu referendum bo‘lib, unda Ukrainaning barcha fuqarolari ushbu kelishuv va u qanday ishlashi kerakligi haqida o‘z fikrlarini bildiradilar. Shundan so‘ng, mamlakatlar parlamentlari va Ukraina parlamenti tomonidan kafillik ratifikatsiya jarayoni bo‘ladi. Bu eng muhimi. Kelishuv jamiyatni mustahkamlay olishi zarur. Buning uchun jamiyat tomonidan qo‘llab-quvvatlanishimiz muhim.
Ukraina o‘z takliflariga javob kutayotgan bir paytda, Rossiya muzokaralar delegatsiyasi rahbari Vladimir Medinskiy Rossiya tinchlik bitimi loyihasi tayyor bo‘lgach, prezidentlar Putin va Zelenskiy o‘rtasida uchrashuv o‘tkazishni taklif qilayotganini ma’lum qildi.
Hujjat tashqi ishlar vazirlari tomonidan imzolanadi, bu esa turli siyosiy farq va tafsilotlarni muhokama qilish imkonini beradi.