Rossiya va Ukraina muzokaralari: Putin va Zelenskiyning uchrashuvi haqida xushxabar yo‘q

Kecha kechqurun Istanbulda Rossiya va Ukraina delegatsiyalari o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tdi.

Muzokaralar bir soatdan kam davom etdi. Turkiya tashqi ishlar vaziri Hakan Fidanning qisqa ochilish nutqidan so‘ng ular yopiq eshiklar ortida o‘tkazildi.
TASS manbasiga ko‘ra, muzokaralarning uchinchi raundining davomi bo‘lmaydi. Jurnalistlar Rossiya delegatsiyasining matbuot anjumaniga taklif qilindi.

Ukraina Rossiya tomoniga Rajab Toyyib Erdo‘g‘on va Donald Tramp ishtirokida avgust oyi oxirigacha yetakchilar uchrashuvini o‘tkazishni taklif qildi, dedi muzokaralar yakunlangach jurnalistlarga Ukraina delegatsiyasi rahbari Rustem Umerov.
Muzokaralar chog‘ida gumanitar yo‘nalishga ham e’tibor qaratildi. Kiyev nafaqat harbiy asirlarni, balki tinch aholini, jumladan, bolalarni ham ozod qilinishini kutmoqda.
Rossiya va Ukraina muzokaralardan so‘ng darhol harbiy asirlarni almashishdi, deya xabar beradi Rossiya Mudofaa vazirligi. Medinskiy har tomondan 250 ga yaqin odam almashilganini ma’lum qildi.