Rossiyada 3 nafar farzandi bilan qiyin ahvolda qolgan samarqandlik ayolga yordam ko‘rsatildi

Samarqand viloyatidan Z.X. oilasidagi moliyaviy qiyinchilik sababli Rossiyaning Chelyabinsk shahriga ishlash maqsadida ketgan. Fuqaro Z.X.ning ijtimoiy tarmoqlar orqali uysiz va pulsiz, voyaga yetmagan farzandlari bilan qiyin ahvolda qolganligi, shunga ko‘ra Vatanga qaytishda yordam so‘ragan murojaati tarqaldi.

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi tomonidan bu fuqarolar bilan aloqa o‘rnatilib, vaqtincha yashash joyi (xostel)ga joylashtirildi. Fuqaroning 2 nafar farzandiga O‘zbekistonning Yekaterinburg shahridagi Bosh konsulxonasi tomonidan "Vatanga qaytish guvohnomasi" rasmiylashtirib berildi.

18 iyun kuni Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan "Yekaterinburg-Samarqand" yo‘nalishidagi aviareys orqali O‘zbekistonga qaytarildi.