Rossiyada "Bevosita muloqot"dan oldin Putinga 600 ming murojaat yo‘llandi

Rossiyaliklar Rossiya prezidenti Vladimir Putinga har yili an’anaviy tarzda o‘tkaziladigan "Bevosita muloqot"dan oldin, bir necha kun ichida 600 mingdan ortiq murojaat yo‘lladilar.
Bevosita muloqot "Rossiya 24" telekanali orqali 20 iyun kuni, Moskva vaqti bilan 12:00 da boshlanadi.
Statistikaga ko‘ra, Putinga yuborilgan murojaatlarning 354.6 mingi telefon qo‘ng‘iroqlari orqali qilingan, 161 ming murojaat sms orqali, 27.5 ming murojaat esa pochta orqali yuborilgan.
Shuningdek, Putinga moskva-putinu.ru sayti orqali ham savol yo‘llash mumkin va allaqachon 21 ming kishi sayt orqali murojaat yo‘llagan.
Xabar qilishlaricha, telefon qo‘ng‘iroqlari orqali eng uzoq davom etgan murojaat 14 iyunda bo‘lib o‘tgan va unda murojaat qiluvchi shaxs o‘z murojaatini 4.5 soatda bildirgan. Eng qisqa murojaat esa 7 minut davom etgan.
Rossiyaliklar Putinga turli masalalar bo‘yicha murojaat qilayaptilar, savol yo‘llayaptilar. Murojaatlarning aksariyati turli muammolar yuzasidan bo‘lamoqda. Murojaatlar kelishi davom etmoqda.