Rossiyada ishlayotgan o‘zbekistonliklarning ish haqlari undirib berildi
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi tomonidan xorijda ishlayotgan mehnat migrantlarining hujjatlari va oylik maoshlari ishonchsiz ish beruvchilardan undirib berilib, qiyin ahvolda qolgan o‘zbekistonliklar vatanga qaytarilmoqda.
Xususan, Novosibirsk shahridagi qurilish tashkilotida hamda Samara viloyatidagi issiqxonada ishlayotgan o‘zbekistonliklarning hujjatlari va 700 ming rublga yaqin (8300 dollar) ish haqi undirib berildi.
Shuningdek, fuqarolar bilan uchrashuv o‘tkazilib, hujjatlarini ehtiyot qilishi va qonuniy ishlash zarurligi tushuntirildi.