Rossiyada narxlar qimmatlashadi (mi?)

Ekspertlar Rossiyada iqtisodiy inqiroz pandemiyaga qarshi kurashda nisbatan muvaffaqiyatga erishilgan bo‘lsa-da, oddiy fuqarolarning manfaatiga zid keladigan yangi bosqichga o‘tadi, deb hisoblamoqda.

Jumladan, juda ko‘p sohalarda narx-navo ko‘tarilishi kutilyapti. Hozirdanoq aviachiptalar, yoqilg‘i, kommunal xizmatlar, turli tovarlar narxi oshib ketdi. Mutaxassislar bug‘doy, kartoshka, sabzavot narxlari ham 1,5 foiz oshishi haqida ogohlantirmoqda.

Bunga inqiroz vaziyatida koronavirus pandemiyasi tufayli rublning qiymati pasayib ketishi, ma’muriy “islohotlar” orqali mahsulotlarga yangi soliqlar, mahsulotni markalash va sertifikatlashga har xil asossiz talablar sabab bo‘lmoqda, deydi “Mir novostey” (2021 y, 11-son) gazetasidagi maqolada ekspertlar.

T.Shomurodov tayyorladi.