Rossiyadagi O‘zbekiston fuqarolari diqqatiga: yetti kanalli «Call-center» ishga tushirildi

O‘zbekiston fuqarolariga konsullik xizmatlari ko‘rsatish sifatini oshirish maqsadida 2019 yilning 1 iyul sanasidan O‘zbekiston Respublikasining Rossiya Federatsiyasidagi Elchixonasi Konsullik bo‘limi negizida yetti kanalli «Call-center» ishga tushirildi. Bu haqida O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi Feysbuk orqali xabar bermoqda.
«Call-center» orqali O‘zbekiston fuqarolari avtomatik tarzda o‘zbek va rus tillarida konsullik-huquqiy sohasiga doir axborotlarni (Rossiyaning turli hududlaridagi konsullik muassasalarining manzili, ish tartibi va hududiy taqsimoti, ko‘rsatiladigan xizmatlar hamda har bir xizmat uchun zarur bo‘lgan hujjatlar) olish imkoniga egalar.
Yuzaga keladigan savollarni aniqlashtirish uchun operator bilan bog‘lanish imkoniyati mavjud.
«Call-center» raqamlari:
+7 499 2300076.
+7 499 2383620.
Shuningdek, O‘zbekistonning Moskva shahridagi Elchixonasi Konsullik bo‘limi konsullik okrugiga Rossiya Federatsiyasi Markaziy federal okrugi (Belgorod viloyati, Bryansk viloyati, Ivanovo viloyati, Kaluga viloyati, Kostroma viloyati, Kursk viloyati, Lipetsk viloyati, Moskva viloyati, Moskva shahri, Orlov viloyati, Ryazan viloyati, Smolensk viloyati, Tambov viloyati, Tver viloyati, Tula viloyati, Vladimir viloyati, Voronej viloyati, Yaroslav viloyati) kirishini eslatib o‘tamiz, deyiladi xabarda.
O‘zbekistonning Vladivostok shahridagi Bosh konsulxonasi (Uzoq Sharqiy federal okrug):
690003, Vladivostok shahri, Verxneportovaya ko‘chasi, 46-uy
E-mail: gkuzvlv@mail.ru
tel.: +74232604808, +74232604800;
O‘zbekistonning Yekaterinburg shahridagi Bosh konsulxonasi (Ural federal okrugi):
620075, Yekaterinburg shahri, Karl Libknext ko‘chasi, 22-uy, 6-qavat
E-mail: abdusalomx@yahoo.com
tel.: + 7 (343) 2723133; +7 965 5194222
faks: + 7 (343) 2723166
O‘zbekistonning Qozon shahridagi Bosh konsulxonasi (Volgabo‘yi federal okrugi):
420107, Qozon shahri, Spartak ko‘chasi, 6-uy, “Suvar-plaza” biznes-markazi
E-mail: kaz.uzconsulate@mfa.uz
tel.: +7 843 5265565, +7 843 5265564
faks: +7 843 5265563;
O‘zbekistonning Novosibirsk shahridagi Bosh konsulxonasi (Sibir federal okrugi):
630005, Novosibirsk shahri, Lomonosov ko‘chasi, 55B-uy.
E-mail: consul2011@inbox.ru
tel.: +7(383) 2460485, 2460484, 2460463, 2460464
Faks: +7(383) 2460462;
O‘zbekistonning Rostov-Don shahridagi Bosh konsulxonasi (Shimoliy Kavkaz federal okrugi va Janubiy federal okrug):
344066, Rostov-Don shaxri, Suvorov kuchasi, 28
Tel: +7 (863) 285 50 57;
O‘zbekistonning Sankt-Peterburg shahridagi Bosh konsulxonasi (Shimoli-g‘arbiy federal okrug):
190005, Sankt-Peterburg shahri, 4-Krasnoarmeyskaya ko‘chasi, 4A-uy
E-mail: gkruspb@mail.ru
Tel: +7 812 6010628
Telegramdagi raqam +7-965-029-41-49.