Rossiyadan yana bir «Afrosiyob» tezyurar poyezdi keltirildi
O‘zbekistonga 25 sentyabr kuni Rossiyadan «Afrosiyob» zamonaviy elektropoyezdi jo‘natilgandi. «O‘zbekiston temiryo‘llari» AJ axborot xizmati poyezdlarning mamlakatga yetib kelganini ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, bugun, 1 oktyabr kuni elektropoyezdning harakatlanuvchi tarkibi Toshkentga yetib kelgan. Kelishuvlarga ko‘ra, oktyabr oyigacha «O‘zbekiston temir yo‘llari» lokomotiv parkini ikkita tezyurar «Afrosiyob» elektropoyezdi bilan to‘ldirish kerak bo‘lgan. Ispaniyaning «Patentes Talgo S.L.U» kompaniyasi majburiyatlarini o‘z vaqtida bajargan.
Ta’kidlanishicha, ushbu harakatlanuvchi tarkib qatorasiga oltinchisi bo‘lib, investitsiya loyihasi doirasida sotib olingan. Shuningdek, ispan kompaniyasi to‘rtta zaxira ekonom-klassli vagonlar va poyezdlarga texnik xizmat ko‘rsatish uchun uskunalar yetkazib berishi aytilgan. Shartnoma Ispaniya kompaniyalarini korporativ xalqarolashtirish jamg‘armasi (FIEM) krediti hisobidan moliyalashtiriladi.