Rossiyalik muholifatchi va bloger Aleksey Navalniy Berlindagi shifoxonaga olib kelindi

Rossiyalik muholifatchi va bloger Aleksey Navalniy Berlindagi “Sharite” shifoxonasiga olib kelindi. Bu haqda RIA Novosti muxbiri xabar berdi.

22 avgust kuni, mahalliy vaqt bilan soat 10:30 (13:30 Toshkent vaqti) da bir qancha tez yordam avtomobillari Berlin politsiyasi va yong‘in xavfsizligi xizmati kuzatuvi ostida Berlin markazidagi shifoxonaga yetib keldi.  Salomatligi yomonligicha qolayotgan Navalniy zambilda ichkariga olib kirildi.

20 avgust kuni Tomskdan Moskvaga qaytayotgan samolyot Navalniyning salomatligi yomonlashgani sababli Omsk shahriga favqulotda qo‘ndirildi.  Siyosatchi Omsk shahrining 1-raqamli tez tibbiy yordam ko‘rsatish kasalxonasiga yotqizildi. Muholifatchining yaqinlari uni zaharlashganidan shubhalari borligini ta’kidladilar, biroq kasalxona bosh shifokori o‘rinbosarini Anatoliy Kalinichenko, tahlil natijalariga ko‘ra, bemorning qon va peshobida zahar izlari aniqlanmaganini ma’lum qildi.