Ro‘za tutish qanchalik foydali?

Ramazon oyida har bir musulmon kishi ro‘za tutishga harakat qiladi. Musulmon olimlar ro‘za tutishning inson organizmi uchun hech qanday zarari yo‘qligi, aksincha, katta foyda keltirishini ta’kidlaydi.

1975 yildayoq taniqli shifokor Allan Kott «Ro‘za hayot tarzi sifatida» kitobida ro‘zaning foydali jihatlarini gapirib o‘tib, u «ovqat hazm qilish va markaziy asab tizimi fiziologik dam olishiga imkon yaratishi, shuningdek, metabolizmni normallashtirishi»ni ta’kidlagan edi.

«Tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, odam och qolgan vaqtda asab tizimida neyrotrofik faktor ajralib chiqadi. U asab o‘simtalarini o‘stiradi va shu tariqa miya yaxshiroq ishlashni boshlaydi», deya kardiolog German Gandelman o‘z fikrini bayon qildi.

Amerikada o‘tkazilgan tadqiqotlarga ko‘ra, ochlik odamning immun tizimini mustahkamlaydi: ro‘za oyida limfa tugunlari faoliyati o‘n marta yaxshilanadi va immun funksiyalarini bajaruvchi hujayralar soni oshadi.

Ro‘za, shuningdek, oshqozon yarasi profilaktikasida ajoyib ish beradi, chunki uning kislotaliligini normallashtiradi.