Ro‘zador o‘quvchilarni sazoyi qilgan maktab direktorini prokuratura o‘rganmoqda
- 07.05.2019 16:29
- 380
- O‘zbekiston
6 mayda Qo‘qon shahridagi 8-maktab direktori darsdan so‘ng ro‘za tutgan boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini issiq havoda maktab hovlisida yugurtirgani haqidagi xabar ijtimoiy tarmoqlarni junbushga keltirdi.
"Bugun Qo‘qon shahridagi 8-maktab direktori darslar tugab boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uyiga qaytayotgan vaqtda darvoza oldiga kelib olib, "Qani kim ro‘za tutgan?" – deb so‘rabdi. Qo‘l ko‘tarib, "Hozir maqtov eshitaman" degan bolakaylarni oftobning tig‘ida maktab hovlisida yugurtirganini aytishayapti", – deydi Facebook foydalanuvchilaridan biri.
Bosh prokuratura matbuot xizmatining "Minbar"ga ma’lum qilishicha, ayni paytda bu hodisani prokuratura organlari o‘rganmoqda.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Past Darg‘om tumanida hokim o‘zgardi
- Kecha, 13:40
- Samarqand
Oqdaryo tumaniga hokim tayinlandi
- Kecha, 11:56
- Samarqand