Roziliksiz mulkni sotish mumkinmi?
- Oila a’zolarining roziligisiz turar joyni oldi-sotdi yoki hadya hamda turar joyning bir qismini notarial idora orqali o‘zga bir shaxsga o‘tkazib berish mumkinmi?
Z.Bahriddinov,
Samarqand shahri.
- Yo‘q. Oila kodeksining 24-moddasiga asosan er (xotin) o‘zining nomiga rasmiylashtirgan umumiy ko‘chmas mol-mulkni tasarruf etish bo‘yicha bitim tuzishi uchun xotin (er)ning notarial tartibda tasdiqlangan roziligini olishi lozim. Shunga asosan uy-joyni sotishda turmush o‘rtog‘ingizning notarial tartibda tasdiqlangan roziligi zarur bo‘ladi.
Savolga davlat kadastrlari palatasi viloyat boshqarmasi axborot xizmati rahbari Azamat Nishonov javob berdi.