Ruhiyat qadri
O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov ruhiyati haqida nimalarni bilasiz? Uning ma’naviy qudrati nimada edi? Davlat rahbarining qalbidagi ishonch, g‘urur, qat’iyatlilik va odamlarni sevish fazilati unga qanday yordam bergan?
Ushbu savollarga javob olishni istasangiz, Samarqand meditsina instituti professori, tibbiyot fanlari doktori Akbar Imomovning yaqinda “Kamalak” nashriyotida chop etilgan “Ruhiyat qudrati” nomli kitobini olib o‘qing.
Kitobda “Idrok – olam va odam go‘zalligining aks etishi”, “Xotira – o‘tmish boyligi, kelajak imkoniyati”, “Hissiyotning go‘zal ko‘rinishlari va inson faoliyatidagi ahamiyati”, “Tafakkur – cheksiz aqliy imkoniyatlar manbai”, “Iroda - maqsadni tanlash va uni ijro etish yo‘li” kabi boblar orqali muallif Islom Karimov siyratini ochib bergan.
Bahora MUHAMMADIYEVA.