Rustam Madumarovga tegishli 205,5 milliard so‘mlik mulk savdoga qo‘yildi

Gulnora Karimovaning fuqaroviy eri ekani aytiladigan Rustam Madumarovga tegishli yana bir mulk – "Perfectum" savdoga qo‘yildi.
Toshkent shahrida joylashgan "Rubicon Wireless Communication" MChJ (Perfectum) uyali aloqa xizmati ko‘rsatadigan yirik tadbirkorlik sub’yektlaridan edi.
Ochiq auksion narxni tushirib borish yo‘li bilan, demping usulida o‘tkaziladi. Mulkning boshlang‘ich narxi 205 milliard 587 million so‘m etib belgilangan.
Auksion 10 iyun kuni bo‘lib o‘tishi kutilmoqda.