Sadaqa ulashing, chunki kafanning cho‘ntagi yo‘q!
Bir ayol 20 dinor pulini yo‘qotib qo‘yib, ko‘chaga quyidagicha e’lon ilib qo‘ydi:
«Men 20 dinor pulimni yo‘qotib qo‘ydim. Kim uni topib olsa, falon manzildagi falon xonadonga qaytarsin, chunki maoshim oz bo‘lgani uchun pulga juda muhtojman. Hozir yeyishga nonim ham yo‘q».
Bir kishi «Men o‘sha pulni topib oldim» deb, hamyonidan 20 dinor pulni chiqarib, o‘sha xotin yashaydigan manzilga bordi. Pulni olgan xotin yig‘lab yuborib, «O‘g‘lim, sen o‘sha pulni topib oldim deb kelgan o‘n ikkinchi kishisan», dedi.
Pulni olib kelgan odam bir tabassum qildi-da, lift tomon yurdi. Shu payt haligi xotin yig‘idan to‘xtab, shunday dedi: «Bolam! Sen borib o‘sha e’lonni yirtib tashla. Uni men yozmaganman, o‘zi yozishni bilmayman ham. Shuncha odamning menga qilgan g‘amxo‘rligidan hayotga yana umidim uyg‘ondi, dunyo ko‘zimga go‘zal ko‘rinib ketyapti».
Azizlar, o‘zingiz ne’matga g‘arq bo‘lgan holda muhtojlarni tashlab qo‘ymang.
Sadaqa ulashing, chunki kafanning cho‘ntagi yo‘q!