Safarbarlik haqidagi xabarlar yuzasidan O‘zbekiston tomonidan Ukraina TIVga so‘rov yuborildi
Ukraina Qurolli Kuchlari Bosh shtabi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini Rossiya qo‘shinlari safiga ko‘ngilli sifatida majburan safarbar etilayotgani to‘g‘risida chop etilgan ma’lumot yuzasidan O‘zbekiston Respublikasining Ukrainadagi elchixonasi mazkur davlat Tashqi ishlar vazirligiga tegishli so‘rov yuborgan.
"Ushbu masala diplomatik vakolatxona tomonidan doimiy nazoratga olingan bo‘lib, Ukraina tomonidan yuqoridagi ma’lumot tasdiqlangan taqdirda, fuqarolarimiz manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha kerakli barcha chora-tadbirlar ko‘riladi", deyilgan xabarda.