Sahelda katta terrorchi o‘ldirildi

Fransiya "Islomiy davlat"ning bir bo‘lagi bo‘lgan «Katta Sahro islomiy davlati» yetakchisi yo‘q qilinganligi haqida xabar tarqatdi.

Prezident Makron shaxsan o‘zi fransuz harbiylari katta terrorchini zararsizlantirishga muvaffaq bo‘lganini Twitterda bildirdi. U Adnan Abu Valid al-Sahraiyni yo‘q qilish operatsiyasini "Sahelda terrorchi guruhlarga qarshi kurashda erishilgan katta muvaffaqiyat", deb atadi.

Fransiya Mudofaa vazirligining aniqlik kiritishicha, jangarini yo‘q qilish "Barxan" antiterror operatsiyasi doirasida amalga oshirilgan. Ushbu operatsiyani Parij Afrikada 2014 yildan beri o‘tkazib kelmoqda.

O‘tgan yili fransuz harbiylari «Katta Sahro islomiy davlati"ni ustuvor nishon sifatida belgiladi. Yozda ular bu guruhning bir necha boshliqlarini yo‘q qilishga muvaffaq bo‘ldi.