Samarada Amir Temur haykali o‘rnatiladi
“Harbiy tarixni o‘rganish borasidagi ishlar samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” hukumat qarori qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, Samara yaqinida Amir Temur haykalini o‘rnatish bo‘yicha ko‘rik-tanlov e’lon qilish rejalashtirilmoqda.
“Rossiyaning Samara viloyatidagi Kodurcha vohasida mahalliy o‘lkashunoslar tomonidan buyuk sarkarda Amir Temurga bag‘ishlab o‘rnatilgan yodgorlik toshi o‘rnida Amir Temur va uning harbiy sarkardalari ifodalangan kompozitsion haykal o‘rnatish bo‘yicha ko‘rik-tanlov e’lon qilinadi.
Tanlov natijalariga ko‘ra g‘olib bo‘lgan haykal majmuasini o‘rnatish yuzasidan Madaniyat vazirligi Rossiya Tashqi ishlar vazirligi bilan memorandum tuzish ishlarini olib boradi.
O‘zbekiston Respublikasi jangovar ordeni sohiblari tug‘ilib o‘sgan yoki istiqomat qilayotgan joylarda mahalliy ko‘ngillilar tomonidan esdalik lavhalari, yodgorlik toshlari o‘rnatiladi”, deb belgilangan "Yo‘l xaritasida".