Samarqandda “Tezkard” yo‘lovchi kartochkalari sotuvga chiqarildi
Samarqand shahrida jamoat transportidan foydalanishda yana bir qulaylik, yo‘lkira haqini to‘lashning zamonaviy usuli joriy qilinib, 463 ta avtobus va 15 ta tramvaylarga validatorlar o‘rnatildi, deb xabar bermoqda viloyat hokimligi axborot xizmati.
Samarqand shahrining 15 ta aholi gavjum bo‘lgan nuqtalarida “Tezkard” plastik kartochkalarini sotish shaxobchalari tashkil etildi.
Shuningdek, onlayn (GPS) rejimida yo‘nalishdagi avtobuslarni masofadan kuzatish tizimi joriy etilib, shahrimizdagi 7-, 14-, 24-, 61-, 67-, 256-avtobus yo‘nalishlaridagi jami 46 ta avtobuslarga GPS qurilmasi o‘rnatildi.