Samarqand aeroportida 12 ming AQSh dollari to‘xtatib qolindi
“Samarqand aeroporti” chegara bojxona posti orqali xorijga chiqib ketayotgan fuqaro K.B. ning qo‘l sumkasi xolislar ishtirokida bojxona nazoratidan o‘tkazilganda, yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida va bojxona xodimlarining og‘zaki so‘rovi paytida ma’lum qilmasdan turib, 12 ming AQSh dollarini olib chiqishga uringani aniqlandi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.
Ma’lumot uchun: amaldagi tartiblarga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashash joyiga ega bo‘lgan, chet ellik fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga 100 million so‘m ekvivalentiga teng yoki undan oshmaydigan miqdorda naqd xorijiy valyutani yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida ko‘rsatgan holda erkin olib chiqib ketishlariga ruxsat etiladi.