Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar institutiga rektor tayinlandi

Hasanov Shavkat Tursunqulovich Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar instituti rektori vazifasiga tayinlandi.
Tayinlovga qadar Sh.Hasanov Toshkent davlat agrar universiteti Samarqand filiali direktori lavozimida faoliyat olib borgan.
Sh.Hasanov Yevropa Ittifoqining Erasmus+ dasturining ta’lim va akademik mobillik loyihalari, Yaponiyaning JICA dasturi, Germaniya ta’lim va tadqiqotlar(BMBF) hamda Koreya Respublikasining Qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat va qishloq munosabatlari(MAFRA) vazirliklarining ilmiy-amaliy loyihalari koordinatori hisoblanadi.