Samarqand avtobuslariga GPS va elektron to‘lov tizimi uskunalari o‘rnatiladi

Shuningdek, Toshkent, Nukus shaharlari va viloyatlar markazlaridagi 3500 ta avtobusga elektron to‘lov va GPS tizimlari o‘rnatiladi, deya xabar beradi “Gazeta.uz”.

Bu haqda «O‘zavtotrans» agentligi boshlig‘i Davron Dehqonov 2018 yil yanvar-iyun oylari ish yakunlariga bag‘ishlangan matbuot anjumanida ma’lum qilgan.

Shuningdek, jamoat avtotransportining yo‘nalishlarda ishlashini nazorat qilish maqsadida «Yagona dispetcherlik markazi tizimi"ni joriy etish bo‘yicha choralar ko‘rilmoqda.

Mazkur loyiha doirasida 5 mlrd. so‘m mablag‘ o‘zlashtirilishi rejalashtirilgan.