Samarqand davlat o‘rmon xo‘jaligi o‘rmon kadastri ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Samarqand tumani bo‘limlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda Samarqand davlat o‘rmon xo‘jaligi o‘rmon kadastri vazifasida ishlovchi I.I. fuqaro F.S.ga ushbu o‘rmon xo‘jaligi tasarrufidagi 2 gektar yer maydonini auksion orqali olib berish evaziga 1 000 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.