Samarqand davlat tibbiyot instituti Urgutdagi 36 ta maktabni otaliqqa oldi
- 27.11.2020 15:00
- 511
- Ta’lim
Bugun, 27 noyabr kuni Samarqand davlat tibbiyot instituti rektori Jasur Rizayev boshchiligidagi ishchi guruh Urgut tumanida bo‘lib, tumanning 36 ta umumta’lim maktablari direktorlari bilan uchrashdi.
Tadbirda oliy ta’lim dargohi va umumta’lim maktablari o‘rtasida yaqin hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Institut endilikda mazkur maktablarda yuqori sinf o‘quvchilarining qiziqishi va qobiliyatidan kelib chiqib, oliy ta’limga o‘qishga kirish uchun tayyorlov kurslari tashkil etish, maktablarda “Olimlar, professorlar kuni” tadbirlarini o‘tkazish, “Quvnoq startlar”, “Rektor kubogi” kabi musobaqalarni uyushtirish, maktab o‘quvchilari o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishga ko‘maklashadi.
Shuningdek, tuman maktablari o‘quvchilarining institut qoshidagi akademik litseyda ta’lim olishlari uchun alohida kvotalar joriy etish ham rejalashtirildi.
SamDTI axborot xizmati.