Samarqand davlat universiteti o‘qituvchisi dunyoning eng nufuzli 100 nafar ayollari safida

Samarqand davlat universiteti o‘qituvchisi, «Flamingo» talabalar klubi rahbari va O‘zbekiston Qushlarni himoya qilish jamiyati a’zosi Laylo Belyalova 2018 yilda dunyodagi eng nufuzli 100 nafar ayoli qatoriga kirdi.
«Laylo O‘zbekistonning tog‘ ekotizimlari biologik xilma-xilligini saqlab qolish ustida ishlayotgan va turli xil qushlarni, shu jumladan, yirtqichlarni himoya qiluvchi universitet o‘qituvchisi», - deya ta’kidlab o‘tishgan BBC ekspertlari.